Mening ko‘zlarimdan oqayotgan yosh

Bildresultat för xosiyat rustamova

Xosiyat Rustamova

Tug’ilgan kunimda

Eshitilar yurak urishim,
Demak, hali aylanmoqda qon.
Do‘stlar, mening tirik turishim –
Qancha gulga keltirar ziyon.
O, bu ne hol?
Bu qanday jazo?
Nega gullar ko‘tarmas suron?
Mening jonsiz vujudim, hatto
Ko‘p gullarga keltirar qiron.

* * *

Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
Tunlaringga olib Kir bir-bir.
Netay, jonim, oz qoldi fursat –
Netay, umrim oz qoldi axir.
Chiziqlardan og’riydi kaftim,
Taqdir shuncha yozilganmi jo’n?
Mening tugab bormoqda vaqtim –
Hayot bergin o’lganimdan so’ng…
Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
It ko’rmagan kunlarni emas.

* * *

Mashinaning orqa o‘rindig‘ida,
Betartib xonaday xaelim uyqash.
Oynaga qadalgan ko‘zim yig‘ida –
Yurakni o‘rtaydi allaqanday rashk.
Xudoga borayapman o‘zimni ortib,
Buncha ham go‘zalsan, yam-yashil chiroq!
Mening diqqatimni o‘ziga tortib -
Haydovchi ko‘zgudan tashlaydi nigoh.
O, shu payt…
Kimlardir kuldi – kinoya!
Qaradim…
Yo‘llarni supurar farrosh.
Qizil chiroklarga qilmas rioya -
Mening ko‘zlarimdan oqayotgan yosh.

Sen qaddingni ko’tar, tuproq

Men onamni yerga eqdim,
Vujudimdan oqar titroq.
Men otamni yerga ekdim, -
Sen qaddingni ko‘tar, tuproq.
Yig‘lamadim yuzim tirnab,
0, balandlab ketdi bu g‘am.
Oyog‘imdan chirmab-chirmab,
Meni tashlab ketdi og‘am.
Tentiradim aro yo‘lda,
O, bu yo‘llar tentiradi.
Meni bir kun Siznikiga –
Buyuk g‘amlar keltiradi…
Men onamni yerga ekdim,
Meni qo‘yib yubor, titroq.
Men otamni yerga ekdim, -
Sen qaddingai ko‘tar, tuproq.

* * *

Boshimdagi telpak yumshoq yung –
O’ldirilgan o‘rmon qiroli.
Mening bitta po‘stinim uchun
Yo‘q qilganlar qancha quyonni?
Hayot menga qilar qancha sarf,
Bo‘lardi-ku tezroq qarisam.
Bo‘ynimdagi qimmatbaho sharf –
Esdalikdir suv parisidan.
Jilolanar burgutko‘z sumkam,
Yuragimga dengiz sochar dur.
Timsohteri etigim bilan
Men atrofga boqaman mag‘rur.
To‘ldiraman har kun kamini,
O, naqadar o‘chman hashamga.
Hayot bori jonzotlarini
Dafn etar mening jussamga.

This entry was posted in Лотин алифбосида, Шеърлар. Bookmark the permalink.

Comments are closed.