Kategorier
Uncategorized

Go’ro’g’li Chambili tobora obod

Ashampoo_Snap_2017.04.04_17h19m17s_002_.png

Muhammadali QO‘SHMOQOV
filologiya fanlari nomzodi

Sirdaryoda ijodiy safarda edik, hamrohlarimizdan biri – yozuvchi Abduqayum Yo‘ldosh: “Go‘ro‘g‘lining o‘limi” degan qo‘lyozma dostonni o‘qib qoldim. Muallif o‘ttiz yillar avval yozgan, lekin turli sabablarga ko‘ra nashr ettirmagan ekan. Xalq dostonlarini yaxshi ko‘rib o‘qiyman. O‘zim Yo‘ldosh baxshining nevarasiman… Doston menga ma’qul bo‘ldi,” – deb qoldi. Shu mavzuga qo‘l urganim bor. “Qani, men ham o‘qib ko‘ray”, – dedim.
Taniqli shoir va publitsist Islom Hamroning “Go‘ro‘g‘lining o‘limi” asaridan uqish mumkinki, muallif xalq badiiy xazinasidagi asrlar davomida sayqallanib, barqaror shaklga kirgan, dostondan dostonga ko‘chib, fayz bag‘ishlovchi birikmalar, misralar, bandlardan unumli foydalanadi, fe’l qofiyalarni bosim qo‘llaydi, nasr va nazmni bir-biriga ulab boraveradi. Bir qaraganda, uning dostoni xalq dostonlarining soyasida qolganday… Lekin… Mayli, bu haqda keyin to‘xtalarmiz.